Farg'ona shahar “Guliston” mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qilayotgan 1-guruh nogironi, 70 yoshli To'xtaxon aya Raxmatjonova yo'qlab  borildi. Dildan kechgan samimiy suhbatlar jarayonida unga emin-erkin harakatlanish uchun nogironlik aravasi tuhfa qilindi.

— Shu kunga qadar 2 350 nafardan ortiq nuroniylar viloyatimizning  diqqatga sazovor joylari, madaniy maskanlar va ziyoratgohlar bo'ylab sayohatda bo'lishdi, — deydi viloyat Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Yorbek Tillaboev. — Joylarda “Ehtirom, e'zoz va e'tibor”, deb nomlangan kontsent dasturlari, “Yangi O'zbekistonni bunyod etishda nuroniylarning o'rni” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy kechalar o'tkazilib kelinmoqda. Shuningdek, 800 nafarga yaqin nuroniylar holidan xabar olinib, ko'ngil so'raldi, 118 nafar birinchi guruh nogironi va yakka-yolg'iz nuroniylar yashayotgan xonadonlarda hasharlar uyushtirildi.

“Keksalar uchun turizm oyligi” davomida boy hayotiy tajribaga ega nuroniylar bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy tadbirlar ham olib borilyapti.

                                                         Rasuljon Kamolov,

                                                      «Yangi O'zbekiston» muxbiri