Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Belozerskiy nomidagi fizika-kimyoviy biologiya instituti, mazkur universitetning Bioinjeneriya va bioinformatika fakulteti va Kulakov nomidagi akusherlik, ginekologiya va perinatologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi mutaxassislaridan iborat mutaxassislar guruhi mazkur surunkali kasallikning sababini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi.
Olimlar sichqonlar ustida olib borilgan tadqiqotdan soʻng, yoshi ulgʻaygan sari buyraklardagi ildiz hujayralari soni kamayib borishini payqashdi. Bundan tashqari, bu hujayralarning boʻlinish tezligi ham kamayishi aniqlandi, bu esa tashqi omillardan himoyalanishning pasayishiga olib keladi. Kislorod va glyukoza etishmovchiligi bilan hujayralar asta-sekin nobud boʻladi, biroq yoshroq odamlarda ular tiklanishi mumkin, deyiladi lenta.ru saytida.