Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida Toshkent fotosuratlar uyida “Keksalar haftaligi” doirasida “Keksalik – hayotning ajib fasli” nomli fotokoʻrgazma tashkil qilindi.
“Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” bosh gʻoyaini oʻzida mujassam etgan ekspozitsiyada A.Jumayev, R.Sharipov, V.Shlosberg, R.Shagayev, H. Ato, S.Dehqonov, shuningdek, Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligi fotomuxbirlari tomonidan olingan 100 ga yaqin fotolavhalar taqdim etildi.