Uchrashuv dasturi doirasida “Kelajak liderlari” klubi aʼzolari uchun “UzAuto Motors” AJ Xorazm filialiga ekskursiya tashkil etildi. Yiliga 60 ming dona yengil avtomobillar ishlab chiqarish quvvatiga ega mazkur zavodda 2 500 nafardan ortiq yoshlar mehnat qiladi.

Klub aʼzolari zavod tarixiga oid eksponatlar joy olgan muzey, ishlab chiqarish sexlari va boshqaruv tizimi bilan tanishdilar. Yosh liderlar va zavod yoshlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini va mini-futbol musobaqasi oʻtkazildi.

Uchrashuv yakunida zavod yoshlariga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali va “Kelajak liderlari” klubi aʼzolari nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi, deb xabar beradi Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati.