Darsni universitet rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov olib bordi.
Maʼrifat darsining asosiy maqsadi — talabalarda Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi oʻrni va nufuzini chuqur anglash, global jarayonlarda faol va masʼuliyatli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdan iborat boʻldi.
Dars davomida mustaqillik yillarida mamlakatimiz tomonidan erishilgan yutuqlar, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan ochiq va tinchlikparvar tashqi siyosat, xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT doirasida ilgari surilayotgan tashabbuslar haqida ham batafsil maʼlumot berildi.









