“Bizni soxta xavfsizlik tuygʻusi tinchlantirmoqda, yangi epidemiya yaqin oʻn yil ichida sodir boʻladi, deb oʻylamaymiz, shuning uchun unga sarmoya kiritishni zarur deb hisoblamaymiz”, dedi milliarder. Uning aytishicha COVID-19 pandemiyasi bunday sarmoya kiritilishi muhimligini aniq namoyish etdi.
Shuningdek, u virusli epidemiya juda jiddiy muammo boʻlishi mumkinligini aytib, bunday tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish kerakligini taʼkidladi.
“Agar yaqin bir necha oʻn yilliklar ichida biron bir narsa 10 milliondan ortiq odamni hayotdan olib ketsa, bunga urush emas, balki juda yuqumli virus sabab boʻladi. Raketalar emas, balki mikroblar insonni xarob qiladi”, — deya tushuntirdi Geyts.
Uning soʻzlariga koʻra, biologik tahdidlar haqida gap ketganda dunyo hech narsaga shoshmayapti. Agar keyingi pandemiya 20 yildan keyin kelsa bu insoniyatning omadi boʻladi.