Kelasi hafta boshida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

    “Oʻzgidromet” agentligi 6-8-yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

    Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6-yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 7-yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 8-yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro, Navoiy viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6-yanvarda kechasi 2 sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 7-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 8-yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida 6-yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 7-yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 8-yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent viloyati;

    havo biroz bulutli boʻladi, 6-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 7-yanvarda kechga tomon baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 8-yanvar kechasi va ertalab baʼzi joylarga qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6-7-yanvarda kechasi 3 sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq 8-yanvarda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

    Samarqand viloyati Sirdaryo, Jizzax viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, 6-7-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-yanvar kechasi va ertalab qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6-7-yanvarda 3 sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 iliq, 8-yanvarda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 6-7-yanvarda 7-12 daraja iliq, 8-yanvarda 5-10 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari

    havo biroz bulutli boʻladi, 6-yanvarda kechasi va ertalab baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 7-8-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-yanvar 2-7 daraja iliq, 6-yanvarda 2-7 daraja iliq, 7-8-yanvarda 4-9 daraja iliq boʻladi.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6-yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq 7-yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 8-yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.