Kelasi hafta boshida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

    “Oʻzgidromet” agentligi 28-30-oktyabr kunlari Respublikamizda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

    Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.

    “Oʻzgidromet” agentligi xabar berishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 29-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-oktyabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 7-12°; 29-oktyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, Ustyurtda kechasi 2-7° sovuq kunduzi 5-10°, 30-oktyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° boʻladi.

    Buxoro, Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 29-30-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-oktyabrda kechasi 5-10°, Navoiy viloyatining shimolida 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 8-13°; 29-30-oktyabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 10-15° boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 29-30-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 8-13°; 29-oktyabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 10-15°; 30-oktyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 29-30-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-oktyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15°; 29-30-oktyabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 12-17° boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 29-30-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15°; 29-30-oktyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 18-13° boʻladi.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 28-oktyabrda ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-oktyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 29-30-oktyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 29-oktyabrda 0-5° iliq, 30-oktyabrda 2-7° iliq boʻladi.