2022/2023 oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablariga  45 nomdagi Kembrij nashriyotining ingliz tili va informatika darsliklari joriy etiladi

    Ta'lim 20 Dekabr 2021 5801

    AOKAda Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari hamda Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov ishtirokida boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida taʼlim mazmunidagi tub islohotlar: zamonaviy dastur va darsliklar tahlili yuzasidan maʼlumot berilmoqda.

    Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan mahalliy olimlar va UNICEF xalqaro ekspertlari bilan birgalikda Milliy oʻquv dasturini yaratish ishlari yakuniga yetkazildi.

    Milliy oʻquv dasturi loyihasini tayyorlashda 246 nafar milliy ekspertlar, jumladan 119 nafar maktab oʻqituvchi, oliy taʼlim tizimidan 105 nafar professor-oʻqituvchi, 22 nafar fan metodisti, shuningdek UNICEF va USAID xalqaro tashkilotlari orqali jalb qilingan 16 nafar xalqaro ekspert ishtirok etdi.

    Milliy oʻquv dasturning komponentlari:

    ✔️Malaka talablari (DTS);
    ✔️Fan konsepsiyalari;
    ✔️Oʻquv reja;
    ✔️Fan oʻquv dasturlari;
    ✔️Oʻqitish metodologiyasi;
    ✔️Baholash tizimidan iborat.

    5 ta fanni integratsiyalagan “Tabiiy fan”ning oʻziga xosligi “Augemented reality” – kengaytirilgan borliq texnologiyasining afzalliklari Milliy oʻquv dasturiga asoslangan darsliklarni toʻliq yozib tugatish 2025-yilning oxiriga qadar davom etadi. Barcha fanlar kesimida 1-11 sinf darsliklari toʻliq toʻplamda yagona guruh tomonidan yaratilishi belgilangan.