Prezidentning 20 apreldagi qaroriga binoan, ish haftasi turidan qat'i nazar, 30 iyun (juma) barcha xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni deb e'lon qilindi.

Bundan tashqari, 6 kunlik ish haftasiga ega bo'lgan ishchilar uchun 1 iyul (shanba) qo'shimcha dam olish kuni bo'ladi.   

Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib, O'zbekiston aholisi Qurbon hayitida ketma-ket kamida uch kun dam oladi, degan xulosaga kelish mumkin (hujjatga ko'ra): 

 30 iyun (juma) - ish haftasi turidan qat'i nazar, barcha xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni;   

1 iyul (shanba) - 6 kunlik ish haftasi bo'lgan xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni;  2 iyul (yakshanba) - taqvim bo'yicha dam olish kuni.

Ammo Qurbon hayiti 29 iyun (payshanba) kuni nishonlanadigan bo'lsa, o'zbekistonliklar to'rt kun, agar 28 iyun kuni nishonlansa - ketma-ket besh kun dam olishadi. 

Aniq sana bayramga yaqin belgilanadi. Qonunchilikka ko'ra, bayram kuni bir kunga kechiktirilishi mumkin.