Lekin bu mablagʻlar oʻz vaqtida egasiga yetib borishi va hosildorlikni yanada oshirishga xizmat qilishi uchun ochiq va shaffof tizim boʻlishi kerak», – dedi Prezidentimiz.
Qishloq xoʻjaligidagi subsidiyalar shu paytgacha 6 ta vazirlik tomonidan ajratilayotgan edi. Shu bois, barcha subsidiyalar boʻyicha moliyaviy xizmatlarni bir joyda koʻrsatadigan Agrar sohada toʻlovlar agentligi tashkil etildi.
Agentlik tomonidan kelasi yil dehqon va fermerlarga 2 trillion 200 milliard soʻmlik subsidiya beriladi. Bunda subsidiya ajratish jarayoni hozirgi 4 bosqichdan 2 bosqichga, uni olishga ketadigan vaqt esa 1 oydan 15 kunga qisqaradi. Eng muhimi, har bir subsidiya fermerlarga maʼqul boʻladigan shartlarda, ularga mablagʻ eng zarur paytda beriladigan tizimga oʻtiladi.
Keyingi yildan suv nasosiga sarflangan elektr energiyasi uchun subsidiyalar meva-sabzavot, moyli ekin, kartoshka va ozuqa ekinlari yetishtiruvchi fermerlarga ham ajratilishi eʼlon qilindi.








