Gidrometeorologiya xizmati maʼlumotiga koʻra, 26-sentyabr kuni Qoraqalpogʻistonda harorat bir kun oldingi kun haroratiga nisbatan 10-12 darajaga pasayadi. Chunki, prognozlarda 25-sentyabr kuni shimolda harorat maksimumi +37 daraja issiq boʻlishi koʻrsatilgan.

Mazkur ob-havo prognozi Oʻzbekistonga hafta boshidan shimoli-gʻarbiy sovuq havo oqimi kirib kelayotganini anglatadi. Shimoli-gʻarbiy sovuq oqim hozirgi mavsumda respublikaga yogʻingarchilik olib kelmaydi hisob.

Togʻlar, ayrim togʻ oldi hamda sharqiy viloyatlarni (mazkur hududlarda ham koʻp yogʻin boʻlmaydi) hisobga olmaganda, respublika katta qismida kelayotgan hafta yogʻingarchiliksiz oʻtishi mumkin.

Darvoqe, sovuq havo oqimini respublikaga kirib kelish bosqichida joylarda kuchli shamol va chang toʻzonlar koʻtarilishi prognoz qilinmoqda.