Kelayotgan hafta Oʻzbekiston boʻyicha yomgʻirli ob-havo kuzatiladi

    Mamlakatimizda 21 Oktabr 2022 1603

    Joriy yilning 22-26-oktyabr kunlari Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, soʻngra Volga boʻyi hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori Sherzod Xabibullayev oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga tezkor gidrometeorologik axborot joyladi.

    Xabarda aytilishicha, joriy yilning 22-26-oktyabr kunlari Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, soʻngra Volga boʻyi hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi.

    22-26-oktyabrda respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, shuningdek, 22-oktyabrda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi;

    23-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi;

    24-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    25-oktyabrda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yomgʻir yogʻadi.

    26-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    23-26-oktyabr kunlari togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

    21-22-oktyabr va 25-oktyabr kunlari shimolda va choʻl hududlarda, 23-oktyabr va 26-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, 26-oktyabrda baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Respublika boʻyicha havo harorati meʼyordan 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.