баннер
27 Apr 2025
05:58

    Kelgusi 25-yilda 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yoʻqotishi mumkin

    Yana 700 million kishi reabilitatsiyaga muhtoj boʻlishi prognoz qilinyapti.

    Haddan ortiq baland tovush quloqni qomatga keltirishi maʼlum. Xuddi shunday, musiqa tinglashda ham meʼyoriy detsibel koʻrsatkichlari mavjud.

    Ammo koʻpchilik yoshlar bu tavsiyalarga deyarli amal qilayotgani yoʻq. Shu tufayli hozir sayyoramiz boʻyicha 1 milliard nafardan ziyod yigit-qizlar eshitish qobiliyatini yoʻqotish xavfi ostida.

    Xususan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili B.Berdiklichev bayonotiga koʻra, 2050-yilga borib, 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar maʼlum darajada eshitish qobiliyatidan aziyat chekishi mumkin.

    Shuningdek, yana 700 million kishi reabilitatsiyaga muhtoj boʻlishi prognoz qilinyapti.

    JSST vakilining fikricha, eshitish qobiliyati buzilishi bilan bogʻliq kasalliklarning 60 foizdan ortigʻini birlamchi bosqichda davolash imkoniyati bor. Eng samarali chora esa xastalikning oldini olishdir.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech