Issiqxona gazlari chiqindilaridan tashqari, El-Nino tabiat hodisasi ham haroratning oshishiga ta'sir qiladi.

Meteorologlar kelgusi besh yil ichida kamida bir yil yoki hatto butun besh yillik davr tarixidagi eng issiq bo'lishini 98 foizlik ehtimol bilan bashorat qilishmoqda.

“El-Nino isishi fenomeni kelgusi oylarda yuz berishi kutilmoqda va bu antropogen iqlim o'zgarishi bilan birlashib, global harorat bilan bog'liq vaziyatni noaniqlikka olib keladi. Bu salomatlik, oziq-ovqat xavfsizligi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhitga katta ta'sir ko'rsatadi. Biz bunga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak”, dedi Jahon meteorologiya tashkiloti Bosh kotibi Petteri Taalas.

Jahon meteorologiya tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilda o'rtacha global harorat sanoatdan oldingi davrdan (1850-1900-yillar) 1,15 darajaga yuqori bo'lgan. La Ninya hodisasining sovitish effekti so'nggi uch yil davomida uzoq muddatli isish tendensiyasini vaqtincha to'xtatdi.

Biroq, La Ninya 2023-yil mart oyida tugadi va El-Ninoning kelgusi oylarda rivojlanishi bashorat qilinmoqda, bu esa global haroratni oshirishi ehtimolini oshiradi, deb xabar beradi news.un.org.