Masalan, Samarqand viloyatining elektr tarmoqlarini boshqaruvga olish boʻyicha oʻtkaziladigan tenderga 50 dan ziyod xorijiy nufuzli kompaniyalar oʻz qiziqishini bildirdi.
Shu bilan birga, bizda har yili 100 mingdan ziyod xonadonli uy-joylar qurilmoqda. Masalan, Toshkent, Samarqand, Namangan va Andijon kabi yirik shaharlar hamda qolgan viloyatlar markazlariga yoʻldosh “Yangi Oʻzbekiston” shaharchalarini qurish boʻyicha katta loyihalar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz oʻrta shaharlarni rivojlantirish boʻyicha 200 million dollarlik, qishloq joylaridagi infratuzilmani yaxshilash boʻyicha 130 million dollarlik loyihalar Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda boshlaganganini alohida eʼtirof etdi. Bank va boshqa hamkorlar bilan bunday infratuzilmaviy loyihalar yanada kengaytirilishiga ishonch bildirdi.