6 Mar 2025
12:03

    Kelgusi hafta kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi

    “Oʻzgidromet” agentligi 3-5-fevral kunlari Respublikamizda kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

    Unga koʻra, QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3-4-fevralda 3-8 daraja iliq, 5-fevralda 5-10 daraja iliq boʻladi.

    BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4-fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 5-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi. Navoiyviloyatining shimolida harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-4-fevralda 3-8 daraja iliq, 5-fevralda 5-10 daraja iliq boʻladi.

    TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4-fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq, 5-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

    QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4-fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 5-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

    ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq, 4-fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq, 5-fevralda kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

    RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech