Qayd etilishicha, quyidagi hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin:
- Qashqadaryo viloyati — Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati — Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
- Fargʻona viloyati — Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahri.
“Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz. Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.