Ayrim joylarda kutilayotgan sel kelish xavfi eʼlon qilindi

    Shu yilning 17-19-may kunlari kutilayotgan yomgʻirlar sabab Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel kelishi mumkin.

    Bu haqda “Oʻzgidromet” rahbari Sherzodxoʻja Habibullaxoʻja maʼlum qildi.

    Uning taʼkidlashicha, quyidagi hududlarda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin:

    Qashqadaryo viloyati:

    • Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;

    Surxondaryo viloyati:

    • Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;

    Samarqand viloyati:

    • Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

    Navoiy viloyati:

    • Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

    Jizzax viloyati:

    • Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

    Toshkent viloyati:

    • Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

    Namangan viloyati:

    • Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

    Fargʻona viloyati:

    • Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

    Andijon viloyati:

    • Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

    «Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.

    Respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin», – deydi Sherzodxoʻja Habibullaxoʻja.