«Agar tibbiyot xodimi oilasi va farzandlariga koʻproq vaqt ajratsa, oʻz ustida chuqurroq ishlasa, shaxsiy rivojlanish, kasbiga boʻlgan muhabbat, eng muhimi, ishidagi sifat va unum yanada oshadi.
Shuning uchun kelgusi yil 1-apreldan davlat tibbiy muassasalaridagi oyliklarni toʻliq saqlab qolgan holda ish haftasini hozirgi olti kunlikdan besh kunlikka oʻtkazamiz», – dedi davlatimiz rahbari.
Jizzax togʻlarining eng soʻlim goʻshalaridan birida qad koʻtargan alohida dam olish maskani tibbiyot xodimlari uchun tuhfa qilinadi.









