Amaldagi loyihalash jarayonlari va qurilish ishlari “resurs usuli”ga asoslangan.
“Resurs” usulida 1 ta maktab qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilgʻi va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa boʻlishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilgan.
“Hajm usuli”da esa pudratchidan yakuniy natija soʻraladi. Muhimi, quruvchi obyektni oʻz vaqtida va sifatli topshirsa boʻldi.
Bundan tashqari, loyiha, tender, qurilish va obyektni qabul qilish bilan bogʻliq barcha jarayonlarda korrupsiya holatlari uchrab turibdi.
Endilikda loyiha qilishdan boshlab, obyektni foydalanishga topshirishgacha boʻlgan barcha jarayonlar ham, ularning nazorati ham yangicha tashkil etiladi.
Eng avvalo, kelgusi yil 1-yanvardan barcha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilishda “resurs usuli”dan voz kechilib, “hajm usuli”ga oʻtiladi.
Bu tartib 1-iyuldan yoʻl, ichimlik suvi va koʻprik qurilishi loyihalarida joriy qilinishi belgilandi.