Kelgusi yildan ekin yeri kimlarga auksion orqali ijara huquqi bilan sotilishi maʼlum qilindi

    Hukumat 21 Noyabr 2023 1542

    Oʻtgan hafta Surxondaryoga tashrifda “plyonka ostida parnik” tashkil qilib, eksportbop sabzavot ekinlarini ekish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtilgan edi.

    Hududlarda bunday usulda ekin ekishni istaganlar juda koʻp. Lekin ular uchun yer olish murakkab.

    Shu bois, kelgusi yildan ekin yeri yuqori unumli urugʻ, koʻchat, agro-texnologiya, eksport koʻnikmalariga ega boʻlganlarga auksion orqali ijara huquqi bilan sotiladi.

    Mutasaddilarga 2024-yil 1-fevralga qadar kamida 15 ming gektar yerni lotlarga boʻlib, eksportbop sabzavot yetishtirish uchun oʻrtacha 1 gektardan auksionga chiqarish, auksiondan yer olgan aholiga urugʻ, oʻgʻit, plyonka va aylanma mablagʻ uchun kredit ajratish, hosildor eksportbop ekinlar urugʻini kafolatli yetkazib berish boʻyicha topshiriqlar berildi.