Kelgusi yildan texnika yoʻnalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi

    Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi. Ularga IT-park rezidentlariga qoʻllanilayotgan imtiyozlar beriladi.

    Shoʻba korxonasi ishchilarining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat boʻladi.

    Kelgusi yildan texnika yoʻnalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi.

    Korxonaga oliygoh bilan hamkor tashkilot ham taʼsischi boʻlishiga ruxsat beriladi. Viloyat hokimlari va tarmoq rahbari ilmiy va ishlab chiqarish loyihalari uchun oliygohlarga 10 milliard soʻmgacha buyurtmani toʻgʻridan-toʻgʻri berishi mumkin boʻladi.

    Investitsiya loyihalari qiymatining kamida yarim foizini ilmiy ishlarga ajratish tizimi joriy qilinadi.