Kelgusida oʻzbekistonliklar Janubiy Koreyaga mavsumiy ishga ham yuboriladi

    Koreyada vaqtincha ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimizni ushbu davlatga nafaqat Ye-9 (noprofessional), balki Ye-8 (mavsumiy) hamda Ye-7 (professional) vizalari asosida yuboriladi.

    Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Koreya Respublikasi Adliya vazirligining immigratsiya departamenti rahbari Kim Jong Do boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi.

    Muloqotda Koreyada vaqtincha ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimizni ushbu davlatga nafaqat Ye-9 (noprofessional), balki Ye-8 (mavsumiy) hamda Ye-7 (professional) vizalari asosida yuborish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi migratsiya jarayonlarini qonuniy va xavfsiz amalga oshirish, oʻzbekistonliklarning Koreyada noqonuniy mehnat faoliyatini olib borish holatlariga butkul barham berish yuzasidan kelishib olindi.