Keniyada ikkita samolyot to'qnashib ketdi, oqibatida ikki kishi hayotdan ko'z yumdi

    Nayrobi milliy bog'ida ikkita samolyotning to'qnashib ketishi oqibatida ikki kishi hayotdan ko'z yumdi.

    44 yo'lovchi jabrlanmadi. Hodisa Nayrobi milliy bog'ida, Uilson aeroportidan Keniya sohilidagi Dianiga yo'l olgan samolyot va o'quv samolyoti ishtirokida sodir bo'lgan, ularning ikkala uchuvchisi ham halok bo'lgan.

    Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, yo'lovchi samolyoti ichki reyslarga mo'ljallangan Uilson aeroportiga qo'nishga muvaffaq bo'lgan, deb xabar beradi tass.ru.