Keniyada ikkita samolyotning to'qnashib ketishi oqibatida ikki kishi hayotdan ko'z yumdi

    Nayrobi milliy bog'ida ikki samolyotning to'qnashib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi.

    44 yo'lovchi jabrlanmadi. Hodisa Nayrobi milliy bog'ida Uilson aeroportidan Keniya sohilidagi Dianiga yo'l olgan samolyot va o'quv samolyoti ishtirokida sodir bo'lgan, samolyotlarning ikkala uchuvchisi ham halok bo'ldi, deb xabar beradi tass.ru.

    Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, yo'lovchi samolyoti ichki reyslarga mo'ljallangan Uilson aeroportiga qo'nishga muvaffaq bo'lgan.