Keniyada norozilik namoyishi: 10 ga yaqin odam halok bo'ldi, o'nlab odamlar jarohatlandi

    Keniyada favqulodda holat e'lon qilindi. Namoyishlar chog'ida kamida 10 kishi halok bo'ldi, o'nlab kishilar yaralandi.

    Odamlar yirik shaharlarda namoyishga chiqishdi.

    Namoyishchilarga qarshi kurashish uchun rasmiylar nafaqat politsiya, balki harbiy xizmatchilarni ham yubordi. Ularga mamlakatdagi qashshoqlikdan norozi minglab odamlar qarshi. Norozilik namoyishi ishtirokchilari fikriga ko'ra, deputatlar odamlar hayotini yaxshilaydigan qonunlar qabul qilishga urinmayapti. Oqibatda namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirib, unga o't qo'yishdi. Politsiya ko'zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o'qlar bilan javob qaytardi, deb xabar beradi mir24.tv.