Bu haqda Nation gazetasi xabar berdi.
Qayd etilganidek, poezd Kajiadodagi Keniya Marbl Kuorri qishlog'i yaqinida relsdan chiqib ketdi. Oqibatda 46 kishi, jumladan, ikki bola jabrlandi. Ularning barchasi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar beradi tass.ru.
Poezd Tata Chemicals kompaniyasiga tegishli. Uning direktori Subodx Srivastav ta'kidlaganidek, halokat buzg'unchilik tufayli yuz bergan bo'lishi mumkin.