Keniyada yuz bergan suv toshqini oqibatida 32 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Suv toshqini Keniyaning deyarli yarmini qamrab oldi, kamida 32 kishi hayotdan ko'z yumdi va 103 ming 500 kishi jarohat oldi.

    Qayd etilishicha, Keniyada mart oyining o'rtalaridan buyon kuchli yomg'ir yog'moqda, biroq so'nggi haftada jala kuchayib, keng ko'lamli suv toshqini yuzaga keligiga olib keldi. Keniya Qizil Xoch tashkiloti mart oyi boshidan buyon 188 dan ortiq qutqaruv ishlarini olib bordi.

    Keniya poytaxti Nayrobidagi ayrim yo'llar to'sib qo'yilgan, kuchli yomg'irdan keyin bir qancha hududlar suv ostida qolgan.

    Mamlakatda bir qator yo'llar to'sib qo'yilgan, barcha shaharlararo poyezdlar qatnovi to'xtatilgan.

    Keniya meteorologiya boshqarmasi payshanba kuni mamlakatning ba'zi qismlarida kuchli yog'ingarchilik davom etishi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi korrespondent.net.