Gazetaning aniqlik kiritishicha, diametri taxminan 3 metr va og'irligi taxminan 498 kilogramm bo'lgan metall halqa osmondan tushib, singan. Keniya poytaxti Nayrobidan janubi-sharqda joylashgan Makueni okrugining mahalliy aholisidan hech biri jabrlanmadi, biroq voqea ularni qo'rqitd, deb xabar beradi rbc.ru.
Keniya koinot agentligining ta'kidlashicha, raketa-tashuvchiga tegishli halqa – kosmik chiqindi, 60 yil davomida koinotni o'zlashtirish mahsulidir. “Bunday obyektlar odatda Yer atmosferasiga kirganda yonib ketadi yoki bo'sh hududlarga, misol uchun okeanlarga tushadi”, deya ma'lum qildi kosmik agentlik va mazkur voqeani “yagona hodisa” deb atadi.
Biroq, bunday holatlar ortib bormoqda. Bu Yer atrofidagi orbitada chiqindilar miqdori ortgani bilan bog'liq, deb yozadi NYT.