Keniyalik sportchi Kelvin Kiptum Chikago marafonida g'alaba qozonib, yangi jahon rekordini o'rnatdi.
U 42 kilometr 195 metr masofani 2 soat 35 soniyada bosib o'tdi.
Avvalgi jahon rekordi 2022-yil 25-sentabrda Berlin marafonida o'rnatilgan edi. Keyin ikki karra Olimpiya chempioni Eliud Kipchoge bu masofani 2 soat 1 daqiqa 9 soniyada bosib o'tgan edi, deb xabar beradi ru.euronews.com.