“Ketmon olsang, zanglatma, egasini qatnatma”

    Ayrim tadbirkorlar kreditlarni olishga olib, qaytarmaslikka va garovga qoʻyilgan mol-mulklarini yashirishga harakat qiladi.

    Majburiy ijro byurosi organlari ish yurituviga kelib tushgan banklar foydasiga undirish bilan bogʻliq hujjatlar ijrosini taʼminlash, qarzdorlarga tegishli mol-mulklarni qidirib topish va qarzdorliklarni bartaraf etish borasida bir qator ishlar qilinmoqda.

    Jumladan, sudning qaroriga koʻra daʼvogar «TENGE BANK» foydasiga javobgar О.А. dan kredit va uning foizlaridan 318 mln. soʻm undirish belgilangan.

    Byuroning Oltiariq tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davrida, qarzdor fuqaroga ixtiyoriy muddatda sud qarorida koʻrsatilgan mablagʻni toʻlab qoʻyish yuzasidan ogohlantirilgan.

    Biroq, qarzdor «olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim» qabilida ish tutib, majburiyatni bajarmagan. Shundan soʻng, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

    Tezkor harakatlar natijasida, bugungi oʻtkazilgan tadbir davomida garovda boʻlgan «KIA K 5» rusumli avtomashina topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.