27 sentyabr kuni respublika aholisi haroratning sezilarli darajada pasayishiga guvoh bo‘lishadi.
"O‘zgidromet" prognozida yozilishicha, 27 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechalari havo harorati +10 darajagacha pasayadi.
Umuman olganda, yangi haftaning ikkinchi kunida havo harorati kunduz kuni shimol, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +25, markaziy va sharqiy viloyatlarda +27 darajaga yetadi. Tog‘larda kunduz kuni havo harorati +12 +17 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Mazkur havo to‘lqini sentyabr oyi oxirgi kunlari uchun anomal sovuq daraja emas. Ammo, dam olish kunlariga qaraganda haroratning 8-10 daraja pasayishi barcha tarmoqlar, inson fiziologiyasi, tabiat uchun ''sovuqroq'' muhitni taqdim etishi tabiiy.