Keyingi oʻquv yilidan nimalar oʻzgaradi?

    Ta'lim 29 Noyabr 2023 775

    Abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

    Prezident qaroriga koʻra 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

    - oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

    - umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar roʻyxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi;

    - yuqori salohiyatli akademik litseylar oʻquv dasturlari xalqaro dasturlar (“International Advanced Levels”, “International Baccalaureate”) asosida ishlab chiqiladi.