Keyingi yilda 65 megavattli kichik va mikro GESlar barpo etiladi

    Aholining muqobil energiya manbalaridan foydalanishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar jadal davom ettirilishi taʼkidlandi.

    Yangi yilda Xitoy tajribasi asosida 300 ta mahalla hududida aholi bilan kooperatsiya orqali 107 megavattli quyosh stansiyalari oʻrnatiladi.

    Mazkur ijtimoiy loyiha keng joriy etilib, 30 mingta kambagʻal oilaga “yashil” energiya kirib boradi. Ular oʻz ehtiyojidan ortiqcha elektr energiyasini tarmoqqa uzatib, daromad topadi.

    Tadbirkorlar ham suv resurslaridan unumli foydalanib, joriy yil 40 megavattli kichik va mikro GESlar qurishdi. Natijada 120 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va ular qoʻshimcha daromad manbaiga ega boʻldi.

    Keyingi yilda 65 megavattli kichik va mikro GESlar barpo etiladi. Ushbu loyihalar hisobiga 80 mingta xonadonda elektr taʼminoti tubdan yaxshilanadi.