Xabarlarga ko'ra, otishma chorshanba kuni tushdan keyin, Moskva vaqti bilan soat 12:00 atrofida sodir bo'lgan. Besh nafar tinch aholi vakili jarohatlangan. Qo'shimcha tafsilotlar keltirilmagan.
Oktabr oyida Kambodja Bosh vaziri Xun Manet va Tailand Bosh vaziri Anutxin Chanvirakun mamlakatlar o'rtasidagi chegara mojarosini tinch yo'l bilan hal qilish to'g'risidagi deklaratsiyani imzolashdi. 11-noyabr kuni Tailand bir tomonlama ravishda tinchlik shartnomasiga amal qilishni to'xtatib qo'yganini e'lon qildi. Bu haqda chegarada mina portlashi oqibatida ikki tailandlik askar jarohat olganidan keyin ma'lum qilingandi, deb xabar berdi kommersant.ru.









