Uchrashuvda kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.
Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.
Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki «Moliyaviy ommaboplik« dasturi doirasida kichik va oʻrta biznesga 100 million dollar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki «yashil« va innovatsion loyihalar uchun 200 million dollar, Fransiya taraqqiyot agentligi ayollar tadbirkorligi uchun 30 million yevro ajratmoqda.
Uchrashuvda ushbu tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari soʻzga chiqib, oʻz fikr va takliflarini aytdi.
Davlatimiz rahbari ular vakillik qilayotgan tuzilmalarga koʻrsatilayotgan koʻmak uchun minnatdorlik bildirdi, hamkorlik yanada kengayishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini taʼkidladi.