баннер
22 Mar 2025
22:26

    Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash bundan keyin ham davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi — Prezident

    Kichik va oʻrta tadbirkorlar soni besh yilda 2 karra koʻpaydi. Ularda 10,5 million odam daromad topib, roʻzgʻor tebratmoqda.

    Yurtimizda kichik va oʻrta biznes ish oʻrni, investitsiya, innovatsiya, raqobat, qoʻshilgan qiymat va eksportni koʻpaytirishga eng katta turtki berayotgan yoʻnalishga aylandi.

    Uchrashuvda taʼkidlanganidek, yaratilgan sharoitlar hisobiga kichik va oʻrta tadbirkorlar soni besh yilda 2 karra koʻpaydi. Ularda 10,5 million odam daromad topib, roʻzgʻor tebratmoqda.

    Iqtisodiyotning yarmidan koʻpi, sanoat va eksportning uchdan biri shu soha vakillari hissasiga toʻgʻri kelayapti.

    «Bir haqiqatni yaxshi anglab olish kerak. Har qanday muvaffaqiyatli yirik biznesga erishish, eng avvalo, kichik gʻoya va harakatdan boshlanadi.
    Oʻzgarishlarga tez moslashadigan, yangilik va raqobatdan qoʻrqmaydigan, muhimi, odamlarni ishli qilib, daromadini koʻpaytirishda eng faol soha ham bu – kichik biznes.
    Shu bois, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash bundan keyin ham davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi», — dedi Prezident.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech