Qarorga koʻra, “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida quyidagi mexanizmlar amaliyotga joriy etiladi:
- bir loyiha doirasida 300 million soʻmgacha mikrokreditlarni, shundan 100 million soʻm garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablagʻlari hisobidan, 200 million soʻmgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan ajratish;
- garovsiz ajratilgan 100 million soʻm doirasida mikrokreditlar boʻyicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar oʻrtasida taqsimlash yoki ular boʻyicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;
- mikrokredit beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan 100 million soʻmgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga oʻtish.
Dastur doirasida 100 million soʻmgacha garovsiz mikrokreditlar:
- kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi;
- 2024-yil 1-noyabrdan kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:
▫️5-toifa uchun – 12,5 foiz;
▫️4-toifa uchun – 13,5 foiz;
▫️3-toifa uchun – 14,5 foiz;
▫️2-toifa uchun – 17,0 foiz;
▫️1-toifa uchun – 18,0 foiz;