Qayd etilishicha, musobaqa yakunida ringga koʻtarilgan 15 nafar bokschimizning 7 tasi gʻalaba qozonib, qitʼa chempionligiga erishdi.

Shuningdek, yarim finalgacha yetib borgan 8 nafar vakilimiz bronza medaliga sazovor boʻldi.

Oltin medal:

  • -37 kg: Muhriddin Hamidjonov
  • -58 kg: Jahongirjon Usmanqulov
  • -61 kg: Hadyatulloh Saydullayev
  • -67 kg: Meyrambek Aliyev
  • -70 kg: Ezmir Oʻktamov
  • -49 kg: Parvina Shakarova
  • -55 kg: Madinabonu Xudoyorova

Kumush medal:

  • -33 kg: Temurbek Baxtiyorov
  • -35 kg: Sarmat Shokarimov
  • -43 kg: Zarifjon Neʼmatov
  • -52 kg: Elshod Shokirjonov
  • -55 kg: Hasan Xolmurodov
  • +70 kg: Elshod Oblaqulov
  • -37 kg: Sabinaxon Kamiljonova
  • -43 kg: Rayhona Alimxanova

Bronza medal:

  • -46 kg: Oybek Alimjonov
  • -35 kg: Ominaxon Nosirova
  • -40 kg: Sugʻdiyona Abduazimova
  • -46 kg: Dildora Toʻlqinova
  • -52 kg: Mohichehra Hamidova
  • -58 kg: Angelina Umarova
  • -61 kg: Marjona Sultonova
  • -67 kg: Fazilatxon Tursunova

Ushbu natija orqali yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Bugun tunda 17 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagi final janglari tashkil etiladi.