Unda shahar soliq boshqarmasining mas'ul rahbari hamda tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i tomonidan kichik va o‘rta biznes vakillarining mamlakat iqtisodiy rivojidagi muhim o‘rni, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgarishlar hamda tadbirkorlarning barqarorlik reytingi to'g'risida so‘z yuritildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19-mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvida belgilangan maqsad va vazifalar to‘g‘risida ma’lumotlar ham berildi.
Ta’kidlash joizki, kichik va o‘rta biznes yurtimizda ish o‘rni, investitsiya, innovatsiya, raqobat, qo‘shilgan qiymat va eksportni ko‘paytirishga eng katta turtki berayotgan yo‘nalish hisoblanadi. Shu bois mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar safini yanada kengaytirish, faoliyatlarini rivojlantirishda biznes vakillarining mavjud muammo va takliflarini o‘rganish hamda ularga yechim topish muhim ahamiyatga ega.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda kichik va o‘rta biznes tadbirkorlarning soliq hisobotlarini topshirish, imtiyozlardan foydalanish bo'yicha takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.











