Kiyevdagi Ozarbayjon elchixonasiga tutash hudud raketa hujumiga uchradi

    Ukrainaning bir qator hududlari, jumladan, Kiyev ham Rossiya armiyasi tomonidan ommaviy havo hujumlariga uchradi.

    Reportning Sharqiy Yevropa byurosiga ko'ra, Kiyevning bir qator markaziy tumanlarida jiddiy vayronagarchiliklar kuzatilmoqda.

    Kiyevda Ozarbayjon elchixonasi yaqinida joylashgan binolarga raketa hujumi uyushtirildi.

    Halok bo'lganlar va yaradorlar bor. Hujumlarning aniq ko'lami va qurbonlar soni haqida hozircha rasmiy bayonotlar yo'q, deb xabar beradi report.az.