Madridliklar hujumchi transferi boʻyicha PSJ bilan kelishuvga erishdi, deya xabar qilmoqda PSG Community.
PSJ xoʻjayini Tamim bin Hamad al Toni “Real” prezidenti Florentino Peres bilan uchrashuvdan soʻng uni sotishga rozi boʻlgan.
Transferning umumiy summasi 250 million yevroni tashkil etadi. 200 million yevro birdaniga toʻlab beriladi. Qolgan 50 million esa bonus sifatida oʻtkazilgan oʻyinlar va “Oltin toʻp” olinishiga qarab toʻlanadi.