Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi  2021/2022-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, Yevropa top-5 chempionatlarining eng koʻp daromad koʻrgan klubi deb topildi. Shaharliklar bir mavsumda  731 mln yevroga boyigan.

Eng koʻp daromad topgan oʻnlikdan “Real” (€ 713,8 mln), “Liverpul” (€ 701,7 mln)  «Manchester Yunayted» (€ 688,6 mln), PSJ (€ 654,2 mln), “Bavariya” (€ 653,6 mln), “Barselona” (€ 638,2 mln), “Chelsi” (€ 568,3 mln), «Tottenhem» (€ 523 mln) va “Arsenal” (€ 433,5 mln) klublari joy olgan.