Ruxsatnomaning amal qilish muddati cheklanmagan va xizmat mutlaqo bepul.

Xalqaro tashishlar TIR kitobidan foydalangan holda amalga oshirilganda, tovarlar oraliq bojxona organlaridan olib kirish yoki olib chiqishda boj va soliqlarni toʻlash yoki depozitga qoʻyishdan ozod etiladi.

TIR tartib-taomiliga koʻra, muhrlangan transport vositalari va uning tarkibidagi konteynerlarda tashilgan tovarlar oraliq bojxona organlarida bojxona koʻrigidan ozod qilinadi. Bunda transport vositalariga “TIR” yozuvli lavha yopishtirilishi lozim. Batafsil my.gov.uz orqali tanishishingiz mumkin.