Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari umumiy belgilangan pensiya yoshi (55 yosh)dan 5-yil oldin pensiyaga chiqish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasi 3-bandiga koʻra:

— bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari ularni 8 yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa va ish staji kamida 20-yil boʻlgan taqdirda 5-yil oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega.

Yaʼni, bunday holatda ayollar umumiy belgilangan 55 yoshdan emas, boshqalarga qaraganda imtiyozliroq yaʼni, 50 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkin.