Ekspertning aytishicha, koronavirusning “Delta”dek xavfli shtammi tarqaganiga qarmay, ushbu kasallikni simptomsiz oʻtkazadiganlar uchraydi. Hamma joylarda ham aholini testdan oʻtkazishning iloji yoʻqligi tufayli ularning sonini aniqlashning iloji yoʻq.
Uning qayd etishicha, bemorlarda kasallikning simtomlarsiz kechishi ularning virusning qancha dozasini yuqtirganiga ham bogʻliq.
“Agar kimdir bir necha yuzlab viruslarni yuqtirgan boʻlsa, immunitet tizimi himoyani taʼminlaydi. U infeksiyani bartaraf etib, qandaydir simptomlar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaydi. Agar virus kamroq boʻlsa, hech qanday kasallanish kuzatilmasligi yoki kasallik simptomsiz kechishi mumkin”.