Qonunchilikka ko'ra:
— 1 yilda bir marotaba o'rta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sug'urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan (6 mln so'mgacha) qismi qoplab beriladi;
— daromadi 10 milliard so'mdan kam bo'lmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida byudjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan to'lovni amalga oshirish nazarda tutiladi.
— davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi;
— yuqori qo'shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bog'liq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi. Bu haqida Huquqiy axborot telegram kanali xabar bermoqda.