Oʻtgan 6-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 750 ming aholi kreditini vaqtida qaytarib, daromadli biznesga ega boʻldi. Ulardan 58 mingi yangi korxona ham ochdi.
Endi banklar mana shunday sinovdan oʻtgan mijozlarini qoʻllab-quvvatlab, ularni kichik va oʻrta biznes darajasiga olib chiqishi kerakligi taʼkidlandi. Ularga “Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash” dasturi doirasida shartsiz 300 million soʻm kredit beriladi.
Bu orqali kelgusi yillarda 1,5 million aholini ishli qilish mumkinligi taʼkidlandi.