Kimlarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlashda imtiyozlar beriladi?

    Ijtimoiy hayot 5 Yanvar 2022 1989

    Quyidagi fuqarolarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladi:

    - 1941–1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga, ularga tenglashtirilgan shaxslardan tashqari – 50 %;

    - 1941–1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga – 45 %;

    - oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlarga – 45 %;

    - Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va «Slava» ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar. Fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari, Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar, koʻrish qobiliyati boʻyicha I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar, yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarga – 45 %;

    - 1941–1945-yillardagi urushning mehnat fronti qatnashchilariga – 25 %, deb xabar beradi Adliya vazirligining matbuot xizmati.